Joylash qoidalari

  1. O'zingiz ishlab chiqaradigan, import qiladigan yoki sotadigan istalgan qonuniy tovarni joylashingiz mumkin: oziq-ovqatdan kiyim-kechak, texnika, qurilish mollari va uskunalargacha.
  2. Narx haqiqiy bo'lishi kerak. Hajm bo'yicha narxlar ham amalda beradigan narxingiz bo'lsin.
  3. Rasm o'z mahsulotingizniki bo'lsin. Boshqa sotuvchining rasmini olmang.
  4. Telefon raqam va kompaniya nomi haqiqiy bo'lishi shart.
  5. Litsenziya yoki sertifikat talab qilinadigan tovarlarni faqat ular bor bo'lsa joylang.
  6. Shikoyat tushgan yoki qoidaga zid e'lonlar ogohlantirishsiz o'chiriladi, takrorlansa hisob bloklanadi.

Joylash taqiqlangan tovarlar

O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida muomalasi taqiqlangan yoki cheklangan har qanday tovar, jumladan:

Ro'yxat to'liq emas. Shubha bo'lsa, joylashdan oldin bizga yozing.

Xaridorlar uchun

OptomGo hozircha faqat e'lonlar katalogi. Biz to'lov va yetkazib berishda ishtirok etmaymiz. Katta to'lovdan oldin sotuvchini tekshiring: STIR, manzil, hujjatlar. "Tekshirilgan" belgisi kompaniya ma'lumotlari biz tomondan ko'rib chiqilganini bildiradi.