OptomGo haqida
OptomGo ishlab chiqaruvchi va optom sotuvchilarni do'konlar, korxonalar va boshqa xaridorlar bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'lash uchun yaratilgan. Saytda eng kichik buyumdan eng katta texnikagacha, qonuniy har qanday tovar joylanishi mumkin. Hozir bu bepul katalog: sotuvchilar mahsulot va narxlarini joylaydi, xaridorlar esa solishtirib, sotuvchi bilan o'zi bog'lanadi.
Keyingi bosqichlarda buyurtma berish, yetkazib berish va xavfsiz to'lov qo'shiladi.